Uyning ichida hech narsa yoq. Bori o‘rindiq va yostiq, stol va idishlar kabi zarur narsalar. Qolgani havo, yashillik va jimjitlik bilan uyg‘un  bo‘shliq. Bu – “WA NO KUUKAN”.

Ehtiyojdan ortiq hech nima, jumladan hashamatli bezaklar ham yo‘q, ammo Yaponiyaliklar qadimdan mana shu oddiy soddalikdan go‘zallikni his qilib, sof tabiatdan huzurlangach sukunatda vaqtni o‘tkazish orqali ma’naviy hamda jismoniy jihatdan orom olish sirlari naqadar muhimligini tushunib yetishgan. “Simple is beautiful – Soddalik go‘zal”. Hech nima bolmasada, ko‘nglingiz to‘q. Bezamaslik, jim-jimador qilib yubormaslik haqiqiy ma’nodagi orom olishni siri bo‘lsa kerak.