“SADO” – an’anaviy shakldagi qoidalarga asosan mehmonga choy uzatish marosimibo‘lib, bu yapon choyini ichish va ko‘ngil ochish bo‘libgina qolmasdan, Yaponiyaning turli xil madaniyatlari mujassamlashishi natijasida shakllangan bir boy madaniyatdir. “SADO” ya’ni “Choy Marosimi” maxsus shu marosim uchun yaratilgan muhitda, ya’ni Yapon bog‘i bag‘rida gullarga bezatilgan joyda maxsus qurilgan uyda o‘tkaziladi. Yapon choyini damlash uchun nafis hunar san’at buyumlaridan foydalaniladi. Choy mehmondorchiligi uchun Yaponiyaning an’anaviy taomlari va shirinliklari tayyorlanib dasturxonga tortiladi.

Shu bilan birga mehmonni eng go‘zal bir shaklda huzurlantirish uchun maxsus izzat-ikrom va odob qoidalarini o‘zida mujassam etgan madaniyat shakllangan. “ZENSHYU” dini “WABI SABI” deb nomlanuvchi ma’naviy meros kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. “WABI SABI” degani “oddiylik”, “soddalik” va “jimjitlik” degan ma’noni anglatib,  mehmonga buyuk izzat-ikrom bilan jiddiy muomala qiladigan harakatni bildiradi.

“SADO” madaniyatida “WABI SABI” ruhi nihoyatda qadrlanib, “SASHITSU” – “Choyxona” sukunatida butun zehnini choy damlashga qaratish orqali inson o‘z ko‘nglini tinchlantirib va haqiqiy o‘zini qayta tanib, ruhiy holatini ko‘tarishni maqsad qiladi. Shu bilan birga, “SADO” madaniyatida “ICHI GO ICHI E” deb ataladigan tassavur (konceptsiya) mavjud bo‘lib, bu “Shu odam bilan bo‘lgan uchrashish bir umrda bir marta ekanligini tassavur qilgan holda ana shu qarshisidagi odamga eng buyuk izzat ikrom bildirish” ni anglatadi. “SADO” madaniyatida mana shunday ruh bilan bir piyola choyni chin ko‘ngildan izzat-ikrom bilan mehmonga tutish muhim hisoblanadi.