Yaponiya to‘rt tarafidan okean va dengizlar bilan o‘ralgan, ko‘plab vulqon tog‘lari mavjud go‘zal oroldir. Vulqon tog‘larining bag‘rida xilma hil minerallarga to‘yingan shifobaxsh issiq buloqlar ko‘p. Hakone va Nasushioharaning mashhur shifobaxsh issiq buloqlari sayohat manzillariga aylanib, minglab mahalliy va xorijiy sayyohlarni qabul qiladi. Bugungi kunda yaponlar har bir sohada jon kuydirib ishlashadi va har bir daqiqani o‘ta qimmat hisoblab sidqidildan mehnat qilishadi, ammo shunga qaramasdan ishlaridan vaqt chiqarib oilasi va hamkasblari bilan birga ataylab shahardan tashqariga chiqib shifobaxsh buloqlarda bir hordiq chiqarishni juda katta baxt deb bilishadi.

Bunga sabab shifobaxsh buloqlar ham jismonan ham ruhan orom olib ishdagi va turmushdagi bosimlarni (stresslarni) kamaytirishiga mo‘ljallangan hamda oila va hamkasblar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan bir muhim joy deb qaraladi. Yaponiyaga kelsangizlar Yaponiya issiq buloqlarida maza qilib orom olishni unutmang.