Yaponiya tabiy manzaralari deganda sizlarning hayolingizga nimalar keladi? Sakurami? Yoki “Fuji” tog‘imi?

To‘g‘ri. Ammo Yaponiya tabiati faqatgina bulardan iborat emas. Yaponiya to‘rt atrofi suv bilan o‘ralgan iliq va nam haroratli orol davlati va hududining 70% ni quyuq o‘rmonlar qoplagan.

Yaponiyaning aholisi 120 million. Dunyo bo‘yicha oz sondagi taraqqiy etgan sanoatlashgan davlatlar qatoriga kiradi. Yaponiya tog‘lar, o‘rmonlar, daryo va dengizlar kabi tabiiy manzaralarga, turli hil hayvonot olamiga boy jannat makondir. Yaponiyaliklar azaldan tabiat bilan hamnafas yashab kelgan hamda tabiatning nihoyatda inchik va nozik taraflarini his qilish qobiliyati bo‘lib, yoshligidan tabiatni qadrlash tushunchasi bilan tarbiyalanadi. Tabiat bilan hamnafas yashashga qaratilgan madaniyat Yaponiyaning hozirga qadar izchil taraqqiy etib kelishidagi asosiy sabablaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qani marhamat Yaponiyaga kelib, o‘z ko‘zingiz bilan go‘zal Yaponiya manzaralaridan zavqlanib, tana va ruhingizga roxat baxsh eting!