I. Kompaniya rahbarining kirish so’zi
KENKOMAN Co., Ltd.
KAMIYAMA YUMA
KENKOMAN Co., Ltd. sahifasiga hush kelibsiz!
“Yaponiya shifoxonalarida ko‘rikdan o‘tmoqchiman”; “Yaponiyada davolanmoqchiman”; “Yapon shifokorlariga ko‘ringan taqdirda mening kasalimga nisbatan qanday maslahat olishim mumkin?” degan qator savollarga javob izlab yurgan chet ellik bemorlar uchun.
KENKOMAN Co., Ltd. mana shunday chet eldan Yaponiyaga kelishni istagan bemorlarimiz bilan Yaponiyadagi mashhur shifoxonalarni (universitet shifoxonalari, davlat shifoxonalari, maxsus shifoxonalar, yangicha uslublarda davolash markazlari) bog‘lovchi xalqaro tibbiy koordinatorlikka ixtisoslashgan kompaniya bo‘lib, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi hamda Iqtisod, savdo va sanoat vazirligi tomonidan “Kafillik beruvchi organ” deb rasman ro‘yxatga olingan Yaponiyadagi oz sonli kompaniyalarning biri hisoblanadi. Davlat tasdiqlagan hujjat raqami – NoB-056.
Bizning kompaniyamizning o‘ziga xos kuchli jihatlaridan biri shuki biz tibbiy konsultatsiya, diagnostika va davolanish bilan bog‘liq barcha tibbiy koordinatsya xizmatlarimizni “Yagona Darcha” tizimimiz orqali amalga oshiramiz. Bularga Yaponiyaga kelishdan avvalgi tibbiy maslahat, Yaponiyada davolanish va yashash xarajatlari bo‘yicha maslahat, chet ellik bemorlarning kasali va tashhisidan kelib chiqib ularga eng maqbul shifoxonalarni izlab topish, Yaponiyada davolanish uchun lozim bo‘lgan “Tibbiy Viza” olishga kafillik berish, eng qulay va maqbul avia-chiptalarni olishga tavsiya berish, aeroportda kutib olish va mehmonxonagacha kuzatib qoyish, tibbiy tarjimonlik hamda hujjatlarning tarjimasi, 365 kun 24 soat telefon orqali bepul maslahat xizmatlarimiz, vaqtinchalik foydalanishga bepul mobil WI-FI berib turish, ibodat qilishga pokiza joy va halol oziq ovqatlarni topishga yordam berish va ko‘plab boshqa xizmatlarimiz kiradi.
Yaponiyaga davolanish maqsadida qilgan safaringiz umid qilganingizdek yengil, ravon, muammolarsiz va to‘siqlarsiz amalga oshishi uchun biz tirishqoqlik bilan bor kuchimizni, aql-zehnimizni hamda resurslarimizni ishga solamiz. Bizning maqsadimiz Siz “Yaponiyaga kelganim yaxshi bo‘ldi! Yaponiya Silk Road Kompaniyasini tanlab to‘g‘ri qilibman”, degan firkda mamnun bo‘lishingizdir. Shu g‘oya asosida kompaniyamiz xodimlari hozirga qadar Xitoy, Uygur Avtonom Respublikasi, O‘rta-Osiyo respublikalari, Turkiya, Dubai va Iroq kabi qator mamlakatlardan kelgan yuz ellik nafardan ortiq mehmonlarimizga turli hil xizmatlar ko‘rsatdi. Mana shu printsip va tinimsiz mehnatimiz tufayli ham mehmonlarimizning hamda Yaponiya hukumatining ishonchini oqlab kelmoqdamiz.
Yaponiya Silk Road Kompaniyasi chet ellik bemorlarga ko‘rsatadigan xizmati ruhi
BIZNING SHIORIMIZ:
Eng yaxshi shifoxonaga, bir kun bo‘lsa ham ertaroq, biroz bo‘lsa ham arzonroq yo‘lni ko‘rsatish
Masalan, o‘zimizning ota-onalarimiz, aka-uka, opa-singillarimiz biron bir kasallik bilan Yaponiyaga davolanishga kelsa, Yaponiyada doimiy istiqomat qilayotganlar qanday yo‘l tutgan bo‘lar edi? Albatta, eng yaxshi shifoxonaga, bir kun bo‘lsa ham ertaroq, biroz bo‘lsa ham arzonroq bo‘lishi uchun bor kuchimizni sarflashimizga hech qanday shak-shubha yo‘q. Biz, Yaponiya Silk Road Kompaniyasi xodimlari, doimo mana shunday xizmat ruhi bilan har bir mijozni qabul qilib ular xizmatimizdan qanoatlanishlarini o‘zimizning eng yuqori maqsadimiz deb hisoblaymiz.
Men yaxshi ko‘radigan naql: “Bizdan harakat Ollohdan barakat”
II. Kompaniya to‘g‘risida ma’lumot
Hojatmand ikki tarafni eng yaxshi shaklda bir biriga bog‘lovchi Yaponiyaning Silk Road Kompaniyasi
Yaponiya Silk Road kompaniyasi logosi kompaniyamiz nomidagi bosh “S” harfidan kelib chiqqan bo‘lib, kompaniyamiz olib borayotgan barcha sohalaridagi ishlariga hos bo‘lgan “ulash” ma’nosini anglatishi bilan birga kompaniyamiz ichki korporativ muhitida “birlik”, “ittifoqlik” ni, logo markazidagi “yulduz” umid nurini ifodalaydi.
Kompaniyaning Ingliz tilidagi nomi: | JAPAN SILKROAD CO.,LTD |
Qisqa nomi: | SILKROAD COMPANY |
Tashkil etilgan sanasi: | 2007.7 |
Xodimlar soni: | 11 kishi |
Faoliyati: | Xalqaro tibbiy koordinatorlik faoliyati
Chet ellik bemorlarga Yaponiyaga davolanishga kelishdan tortib qaytib ketgungacha xizmatlarni “Yagona Darcha” tizimi asosida ko‘rsatish |
Bosh ofis: | Yaponiya, Saitama Prefekturasi, Minuma-ku, Mikura 1519-4, Index: 337 – 0033 |
Telefon: | +81 4879 77381 |
Fax: | +81 4879 77384 |
Ivatsuki Ofisi: | Yaponiya, Saitama Prefekturasi, Saitama shahri, Iwatsuki-ku, Jounan 4-1-41, Index: 339 – 0043 |
Telefon: | +81 4879 16001 |
Fax: | +81 4879 16002 |
Tokyo Ofisi: | Yaponiya, Tokyo shahri, Taito-ku, Asakusabashi, 2-6-2, Tanaka binosi, 2-qavat |
Ivatsuki tarqatish markazi: | Saitama prefekturasi, Saitama shahri, Iwatsuki-ku, Umeda 1173 Manzil 1 |
Quyidagi mamlakat va shaharlarda bizning vakillarimiz bor: | Xitoy, Urumchi, Moskva, Toshkent, Istanbul, Dubay va Makkada |
Medical HP: | http://www.medical-treatment-japan.jp/ |
Quyidagi tillarda xizmat ko‘rsatamiz: | Ingliz, Rus, Xitoy, Yapon, Uyg‘ur, O‘zbek, Turk tillarida
*Bundan boshqa tillarda ham maslahat bera olamiz. Murojaat qiling |
Mas’ul xodimlar: | |
Ingliz, Rus, O‘zbek tillarida: | +81 8065 322665 |
Yapon, Turk, Uyg‘ur tillarida: | +81 8050 904055 |
Xitoy tilida: | +81 8043 515364 |
Favqulotda hollarda: | +81 8050 904055 (KAMIYAMA) |
Fax: | +81 4879 77384 ( Bosh ofis) |
Umumiy so‘rovlar uchun: | info@medical-treatment-japan.jp |