Xalqaro tibbiy koordinatorlik xizmatlarimiz haqida

I. “Yagona Darcha” xizmati

Yaponiya Silk Road Kompaniyasi chet ellik bemorlarni qabul qilish bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘lib mahalliy shifoxonalar bilan o‘rnatilgan mustahkam hamkorlik munosabatlari orqali Yaponiya shifoxonalarida o‘zini tekshirtirish va davolanishni orzu qilgan chet ellik mehmonlarimizga “Yagona Darcha” tizimi asosida turli hil xizmatlarni ko‘rsatadi.

1. Shifoxonalarni tanlashga yordamlashamiz, qaysi shifoxona eng yaxshi va ma’qulligi yuzasidan maslahat beramiz

Bemorlarimizning tibbiy ma’lumotlarini o‘rganib chiqib Yaponiyadagi tibbiy diagnostika va davolanish bilan bog‘liq xohish-istaklarini eshitgandan keyin ixtisoslashgan yaxshi shifoxonalarni tanishtiramiz. Shifoxona tanlab bo‘lgandan keyin shu bilan bog‘liq turli hil murojaatlar, savollarga javob olish va oldindan o‘rin olish masalalarini hal etishda kompaniyamiz bemorning vakil sifatida qatnashadi. Undan tashqari Yaponiyaga kelib tibbiy diagnostikadan o‘tishi yoki davolanishi qiyin bo‘lgan mehmonlarimizga Yaponiya shifokorlarining bemorning tibbiy ma’lumotlariga asoslangan xulosalarini ham tashkil qilib beramiz. Buni amalga oshirish uchun chet ellik bemor bizga barcha kerakli tibbiy va shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etadi va kompaniyamizning mutaxassislari ana shu bemorning ma’lumotlari bilan shifoxonalarga borib, mas’ul shifokorning fikrini olib bemorga yetkazadi.

Xizmat misollari

  • Bemorlarimizning tibbiy ma’lumotlarini tarjima qilamiz, alohida shifoxona yoki shifokorga olib borib maqbul  bo‘lgan davolanish usulini aniqlaymiz
  • Davolash yo‘li (usuli), davolanishga ketadigan xarajatlar smetasi, davolanadigan vaqt, davolash kunlari kabi ma’lumotlarni tibbiy organlardan olib bemorlarimizga yetkazib beramiz
  • Shifoxonalarning eng yaxshi uchtasini tavsiya etamiz. Bemorga ma’qul kelgan va bemor tanlagan shifoxonadan oldindan joy olib shifokor bilan uchrashuvni belgilaymiz
  • Yaponiya shifokorlaridan “Ikkinchi Fikr” xulosasini vakil sifatida olib taqdim etamiz
  • Natijalarni Bemorga yetkazamiz

2. Yaponiyaga kelishdan tortib davolanib vataningizga qaytib ketgungacha bo‘lgan oraliqda astoydil xizmat qilamiz

Yaponiyaga kelishingiz belgilangandan keyin talabingizga asosan Yaponiyaga kelishdan boshlab yurtingizga qaytishgacha oraliqdagi vaqtda turli hil masalalarda yordam ko‘rsatamiz, masalan:

  • Yaponiya shifoxonalarida tibbiy ko‘rik va davolanish rejangizdan kelib chiqib arzon ham qulay aviachiptani topishga yordam beramiz
  • Shifoxonada ko‘rinishingizga qulay bo‘lishi uchun u yerga yaqinroq bo‘lgan yotoqxonalarni izlab topib sizga tavsiya qilamiz
  • Global Internet Tarmog‘iga ulanish orqali oilangiz bilan aloqada bo‘lib turish, davom etayotgan ishlaringizni boshqarib turishingiz uchun Mobil Wi-Fi apparatini bepul ijaraga berib turamiz. Yaponiyada tursangiz ham o‘z ishlaringizni davom ettira olasiz. Oilangiz bilan bemalol aloqada bo‘lib tur a olasiz
  • Sayohat: Yaponiyada turgan paytlaringizda bo‘sh vaqtingizdan foydalanib, Yaponiya bo‘ylab sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz gid-yetakchilar topib beramiz

3. “Tibbiy Viza” olishda kafillik berish organi vazifasini bajarish

“Tibbiy Viza” bu Yaponiyada davolanish maqsadida bu yerga kelmoqchi bo‘lgan chet ellik bemorlar hamda ularning oila a’zolariga Yaponiya Elchihonasi/konsulligi tomonidan taqdim etiladigan alohida vizadir. Tibbiy viza olish uchun Yaponiyada “KAFILLIK BERISH ORGANI” statusiga ega maxsus organlar tomonidan taqdim etiladigan “Shifoxonalarda davolanish” uchun reja isboti hamda “Kafillik Xati” bo‘lishi shart. Bizning kompaniyamiz Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi hamda Iqtisod, savdo va sanoat vazirligi tomonidan “Kafillik Berish Organi” deb rasmiy ro‘yxatga olingan bo‘lib Yaponiya hukumati e’tirof etgan organ hisoblanadi. Batafsil ma’lumotlarni Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi veb-sahasidagi “Kafillik Berish Organlari” ro‘yxatidan ko‘ringiz mumkin.

Shunday qilib, bizning kompaniyamiz Yaponiyada davolanishni istagan, orzu qilgan chet ellik bemorlarimiz uchun “Tibbiy Viza” olishlarida kafillik berish organi vazifasini bajaradi.

※“Tibbiy Viza” to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining quyidagi veb-sahifasidan ko‘rib olishingiz mumkin.

Xizmatlar ro‘yxati – Tibbiy Viza olishgacha bo‘lgan jarayon

  1. Bemorlar  va ularning hamrohlarining ma’lumotlari asosida kafillik berish uchun kompaniyamiz oldindan tekshirish olib boradi
  2. Bemor tanlagan Yaponiyadagi shifoxona bemorni qabul qilish qilmaslikni belgilaydi
  3. Shifoxonada tibbiy tekshirish kunlari aniqlangandan keyin “Shifoxonada ko‘rik hamda davolash” rejasi va “Kafillik Xati” kabi hujjatlarini kompaniyamiz bemorlarga yuboradi
  4. Bemorlarimiz Kompaniyamiz yuborgan bu materiallarni viza uchun kerakli bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan birgalikda ana shu davlatdagi Yaponiya elchixonasi yoki konsulligiga topshiradi. “Tibbiy Viza” olishi uchun arizaga qo‘shib topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va boshqa shartlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni Tashqi ishlar vazirligi veb-sahifasidan olishingiz mumkin.

“E’TIBOR BERILISHI KERAK BO‘LGAN HOLATLAR”

  • “KAFILLIK BERISH ORGANI” sifatida bemor va birga keladigan oila a’zolariga nisbatan kafillik berishimiz ular “Tibbiy Viza” ola olishiga kafillik degani emas. Sizning Tibbiy Viza”uchun kiritgan arizangiz Yaponiya elchixonasi tomonidan rad etilgan taqdirda ham kompaniyamizga to‘langan konsalting va koordinatsya xizmatlarimiz haqi qaytarib berilmaydi.
  • Siz taqdim etgan shaxsiy va tibbiy ma’lumotlar asosida hamda tekshirish natijasida “Tibbiy Viza” olishga kompaniyamiz kafillik bera olmaydigan holatlar ham mavjud bo‘lishi mumkin.
  • Kafillik berishda tekshirish, aniqlash uchun alohida haq olinadigan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari kafillik berishda bemor Yaponiyada o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishini kafolatlash maqsadida “DEPOZIT PULI” oladigan hollatlar ham mavjud.
  1. 365 kun 24 soat telefon orqali bepul maslahat xizmati

Yaponiyada bo‘lgan paytda biror bir hodisa yuz bersa, bilolmagan ishlaringiz bo’lsa, har qanday maishiy masala yoki qiyinchlik yuzaga kelsa, Inglizcha, Xitoycha, Ruscha, Uyg’urcha, Turkcha, O’zbekcha kabi turli tillarda 365 kun 24 soat* mobaynida bepul maslaxat xizmatimizdan foydalana olasiz. Telefon orqali bepul maslaxat so’ray olasiz.

*Diqqat: Jiddiy qiyinchlik holatlarida, xavf-xatarni his qilgan paytlaringizda 365 kun 24 soat maxsus telefon raqamimizga qong‘iroq qilishingiz mumkin. Odatdagi ishlar, turmushda ko‘p ko‘riladigan maslahatlar, savdo-sotiqqa oid maslahatlar va shunga o‘xshash jiddiy bo‘lmagan hollatlarda ertalab soat 9:00 dan kech soat 19:00 gacha mazkur xizmatlarimizdan foydalansangiz bo‘ladi.

5. Turli tillarga tarjima qilish va tarjimonlik

Tarjimonlik – tarjima qiladigan tillarimiz: Yaponcha, Xitoycha, Ruscha, Uyg‘urcha, Turkcha, O‘zbekcha. Tarjima qilinadigan tillar, ularning narxlarini murojaat qilib bilishingiz mumkin. Kelayotgan buyurtmalar ko‘pligi hamda ish jadvalimiz o‘ta bandligi sababli vaqt ajrata olmaydigan paytlarimizda maxsus tarjimonlik agentliklariga murojaat qilinadigan holatlar ham bolishi mumkin. Bunday holatda hamda tarjima qilinish kerak bo‘lgan materiallar juda ko‘p bo‘lgan hollarda alohida haq talab qilinadi va biz sizga oldindan xizmat haqini aytib xabar beramiz.

6. Yaponiyaga kelishdan avval kompaniyamiz hisob raqamiga o‘tkazilgan “Xarajatlar uchun Depozit Puli” ni hisob raqamimizda vaqtinchalik saqlab turish va davolanish xarajatlarini bemor vakili sifatida to‘lash xizmatimiz

Yaponiyada deyarli barcha shifoxonalar chet eldan bevosita pul qabul qilmaydi. Yaponiyaga olib kelingan naqd pul 1.000.000 Yapon yenidan (10.000 dollar atrofida) oshib ketsa chegaradan kirganda deklaratsiya topshirish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari pulni yo‘qotib qo‘yish xavfi ham mavjud. Shu sababli Yaponiyada davolanish xarajatlaringizni oldindan kompaniyamizning maxsus belgilangan hisob raqamiga o‘tkazib qo‘yishingiz mumkin. Bu pul sizning Yaponiyaning  Silk Road kompaniyasidagi depozit pulingiz hisoblanib kompaniyamiz Sizning nomingizdan shifoxonalarga ana shu puldan to‘lash xizmatini ko‘rsatadi. Yoningizda ko‘p va katta miqdorda pul ko‘tarib yurishingizga hojat qolmaydi. Kompaniyamizga to‘lanadigan tibbiy koordinatorlik haqi bilan birgalikda yuqoridagi depozit pullarini ham kompaniyamiz maxsus hisob raqamiga oldindan o‘tkazib Yaponiyaga kelsangiz juda qulay hamda bexatar bo‘ladi. Agarda davolanish, hamda sayohat oxirida “Xarajatlar uchun Depozit Puli” ortib qolsa ortgan qismi sizga qaytarib beriladi. Agar “Xarajatlar uchun Depozit Puli” tugab xarajatlar uchun yetmay qolsa, yetmagan qismini to‘lab berishingiz kerak bo‘ladi.

7. “Ikkinchi fikr” (Yaponiya shifoxonasi shifokorining maslahatini olish) xizmatimiz

Chet ellik bemorlarimiz o‘zlarining batafsil tibbiy ma’lumotlarini kompaniyamizga yo‘llab , Yaponiyaga bevosita kelmay turib ham Yaponiya shifoxonalaridagi shifokorlar maslahatini olishi mumkin. Oldin qiziqib, tekshirib ko‘rgandan keyin Yaponiyaga kelishni belgilash to‘g‘ri yo‘l bolishi ham mumkin. Shaxsiy va tibbiy ma’lumotlaringizni yuborish usuli va xarajatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz kompaniyamizga murojaat qiling.

8. Bepul mobil Wi-fi xizmatimiz

Hozirgi davrda Wi-fi kundalik ehtiyojimizga aylanib bo‘ldi. Masalan, Yaponiyada turib ham o‘z oilangiz va vatandoshlaringiz bilan aloqa qilmoqchi bo‘lsangiz Wi-fi orqali keladigan Internet bo‘lmasa bo‘lmaydi. Xizmat, ish yoki kompaniyangiz ishlari qanday ketayotganidan xabar olmoqchi bo‘lsangiz Wi-fi bo‘lishi kerak. Busiz Yaponiyada xotirjam yura olmaysiz. Shu sababli olib yurishga qulay bo‘lgan Wi-fi ni mijozlarimizga ikki haftaga bepul berib turishni yo‘lga qo‘yganmiz. Yaponiyada yurgan paytingizda bemalol Internet ishlatib yurish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

9. Halol oziq-ovqatlarga oid kompaniyamiz xizmatlari

Musulmon mamlakatlaridan kelgan mehmonlarimizdan, aka-uka, opa-singillarimizdan quyidida keltirilgan savollarni tez-tez eshitib turamiz. Masalan, “Yaponiya musulmonlar mamlakati bo‘lmaganligi sabab u yerda ovqatlanish qanday bo‘ladi? Halol restoranlar bormi? Spirt ichimliklari va spirt qo‘shilgan taomlarni iste’mol qila olmayman. Yaponiya shifoxonalaridagi taomlarni iste’mol qilib bo‘ladimi?” kabi savollar. Siz xotirjam bo‘ling. Musulmon mehmonlarni ham kutib olish hamda ularga sharoit yaratib berish kompaniyamizning kuchli jihatlaridan biridir. Kompaniyamiz o‘zida ham ko‘p musulmon xodimlar mehnat qilishadi. Shu sababli musulmonlar nimaga e’tibor qiladi, nima bo‘lsa g‘am qilmaydi, qanday bo‘lsa yaxshi bo‘ladi degan masalalarga ko‘p e’tibor berishadi. Ular bilan birga bo‘lsangiz, hech qanday g‘am yemaysiz, xotirjam bo‘lasiz.

10. Eng maqbul turar joy – mehmonxona/yotoqxona topib berish xizmatimiz

Yaponiyada turgan paytingizda sizning eng katta xarajatlarning biri bu mehmonxona xarajatidir. Masalan, Yaponiyaga oila a’zolaringiz bilan birga kelsangiz mehmonxona xarajati juda katta bo‘lib ketib, davolanish va sayohatingiz ko‘ngildagidek bo‘lmay qolishi ham mumkin. Yaponiyadagi xarajatlarning yana bir sezilarlisi bu oziq-ovqatdir. Oziq-ovqat va turar joy masalalarini to‘g‘ri hal qila olsangiz nisbatan ko‘p xarajatni iqtisod qila olishingiz mumkin. Bu iqtisod qilib tejab qolgan pulingizni boshqa narsalarni sotib olish yoki Yaponiya bo‘ylab sayohat qilish kabi ishlarga ishlatishingiz mumkin. Agarda Yaponiyada turmoqchi bo‘lgan vaqtingiz bir haftadan ortiq bo‘lsa, uchdan ortiq oila a’zolaringiz bilan kelishni reja qilgan bo‘lsangiz bu hollarda qisqa muddatga uy ijaraga olishingiz mumkin bo‘lib ana shunday uylarni topib bersak siz mehmonxona olganingizdan arzonroq uyda bemalol xotirjam taom tayyorlashingiz mumkin. Agarda shunday fikringiz yoki rejangiz bo‘lsa, bemalol bizdan maslahat so‘rashingiz mumkin.

Bizning “Yagona Darcha” tizimi asosida amalga oshiradigan xizmatlarimiz

  • Shifoxonalarni tanlashingizga yordam beramiz
  • “Tibbiy Viza” olishingizda Kafil sifatida chiqamiz va Viza olishingizda yordam beramiz
  • Aeroportda kutib olamiz, turar joyingizga yetkazib qo‘yamiz
  • Mobil Wi-fi apparatini bepul vaqtinchalik foydalanib turish uchun ijaraga berib turamiz
  • 3 kunlik tibbiy tarjimonlik xizmati bilan ta’minlaymiz
  • Bir kun sayohatingiz mobaynida bepul gid-tarjimon bilan ta’minlaymiz
  • 24 soat 365 kun telefon orqali bepul maslahat xizmatimizdan foydalana olishingiz mumkin (o‘zingizga ma’qulini tanlashingiz mumkin)
  • Aeroportgacha kuzatib qo‘yamiz
  • Davolash xarajatlarini shifoxonalarga “Xarajatlar uchun Depozit Puli”ngizdan vakilingiz sifatida to‘lab beramiz

* Ikkinchi fikr (Yaponiyadagi shifokorlarning fikri), hamda “NINGENDOKKU” – “TIBBIY KO‘RIK” kabi sog‘liqni tekshirtirishni tashkil etish xizmatlarimizga qiziqsangiz bizga murojaat qilishingiz mumkin

E’TIBOR BERISH KERAK BO‘LGAN HOLATLAR

* Bu xarajatlar “Yagona Darcha” tizimi asosida ko‘rsatiladigan Yaponiyaga bir martalik sayohat va davolanish uchun olinadi. Agar siz ko‘p martalik viza olsangiz va keyingi safar Yaponiyaga kelsangiz bizning koordinatorlik xizmatlarimiz uchun alohida xizmat haqi olinadi. Undan tashqari shifoxonalar va davolash usullariga qarab ayrim hollarda sizga yangilangan xizmat haqini aytishimiz mumkin. Batafsil ma’lumot uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin.

E’TIBOR BERISH KERAK BO‘LGAN HOLATLAR

  • Davolash tavsifi va muddatiga qarab xizmat haqimiz o‘zgaradi
  • “Tibbiy Viza” olishingizda kafillik berishimiz uchun depozit olishimiz mumkin

Individual xizmatlarimiz

1 chi dan 9 chi gacha bo‘lgan xizmatlarimizdan o‘zingizga zarur deb hisoblagan xizmatlarni tanlab foydalanishingiz mumkin. Sizni qiziqtirayotgan xizmatlarimiz bo‘yicha so‘rovingizni olgach xizmat haqini hisoblab chiqib sizga ma’lum qilamiz. Batafsil ma’lumot uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Pul to‘lash usuli hamda javobgarlik olib borilmaydigan holatlar

▲ “Yagona Darcha” tizimi asosida ko‘rsatadigan barcha xizmatlarimiz oldindan pul to‘lashni talab qiladi. Murojaat qilishingiz bepul, ammo qabul qilish yoki qilmaslik uchun oldin tekshirish puli to‘lanishi mumkin.

▲ Mazkur xizmatlarimiz chet ellik bemorlarga Yaponiyada davolanishi uchun tarjimon yuborish, “Tibbiy Viza” uchun kafillik berish, tibbiy ma’lumotlarni tarjima qilish kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni shifoxonalarda ko‘rsatilgan tibbiy xizmat, xatoliklar, hamda Yaponiyada turgan davringizda yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealar, hodisalar (yo‘l-transport hodisalari, baxtsiz hodisalar) tufayli yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar bo‘yicha biz javobgarlik olib bormaymiz. Buni juda yaxshi tushunishingiz kerak. Yaponiyaga kelishdan avval “chet el sayohatiga chiquvchilar tibbiy sug‘urtasi” kabi sug‘urta turlaridan foydalanishingizni qat’iy tavsiya qilamiz. Kompaniyamizda Yaponiyaga kelishingizga qiziqtiradigan yoki majburlaydigan ishlarni hargiz qilmaymiz. Yaponiyaga kelishga qaror hamda biz tavsiya qilgan Yaponiya shifoxonalaridan birini tanlash ham sizning qaroringiz bo‘lib, buni yaxshi o‘ylab bir qaror qilishingiz kerak.

▲ Ko‘rsatadigan tibbiy koordinatsya xizmatlarimiz bemorlarimiz hamda shifoxonalar tomonidan berilgan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishini talab qiladi.  Shuning uchun beriladigan shaxsiy hamda tibbiy ma’lumotlarda xatoliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda taqdim etilgan hujjatlar noto‘g‘ri ma’lumotlarni aks ettirsa yoki xato bo‘lsa davolash usullarini belgilash imkoni bo‘lmaydi. Agar  noto‘g‘ri ma’lumot davolash boshlanishidan avval yoki davolash jarayonida aniqlansa, belgilangan davolash usuli bilan farq qiladigan davolash usulini qo‘llashga majbur bo‘lib qoladigan hollar yuzaga kelishi mumkin.

▲ Yaponiyaga kelgandan keyin davolash/tekshirish jarayonida bemorda yangi/boshqa kasalliklar aniqlansa buni davolashga qo‘shimcha xarajat yuzaga kelishi mumkin. Qo‘shimcha xarajatlarni to‘lashni rad qilsangiz tibbiy koordinatsya xizmatlarimizni bekor qilishimiz mumkin.

▲ Tabiiy ofatlar, urush hamda boshqa fors-major hollarda, ya’ni tomonlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi kuchlar tufayli mazkur xizmatlarimizni to‘liq yoki qisman ko‘rsata olmasak, biz buning uchun javobgarlik olib bormaymiz.

▲ Tibbiy, transport va boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlardagi holat//vaziyatlar/tartib-qoidalardan kelib chiqib xizmatlarimizni ta’minlab berguncha ma’lum bir vaqt ketishi mumkin. Shu shartni oldindan qabul qilishingiz kerak.

II. Yaponiyaga kelish va qaytib ketish jarayoni

① Dastlab bemor bizga o’z murojaatini yo’llaydi
→ Bu murojaatnomada bemor o‘zini qiziqtirgan savol hamda o‘zining to‘liq tibbiy ma’lumotlarini (mahalliy shifoxona shifokoridan tanishtirish xati, diagnoz xulosasi, CD, MRI va h.k.) maxsus shakl orqali bizga yo‘llaydi

② Bemorlarimiz tibbiy koordinatorlik va konsalting xizmatlarimizdan foydalanishi uchun dastlab tibbiy konsalting va koordinatsya xizmat haqi – 100.000 Yapon Yenini kompaniyamizning belgilangan bank hisob raqamiga o‘tkazib berishi kerak (“Yagona Darcha” tizimi asosidagi xizmatlarimiz uchun). Dastlabki tekshirish, shifoxonalarni topish, uchtasini tavsiya etish, shifoxonada tibbiy ko‘rinish uchun oldindan o‘rin olish va hokazo.

→ Yaponiyada davolanish uchun nimalar qilish kerak, qaysi shifoxona yaxshi, yoki qaysi shifoxonaga borsa yaxshiroq, qanchalik xarajat ketadi, vataningizga qaytishgacha bo‘lgan jarayon qanday bo‘ladi, mana shularni oddiy qilib tushuntirib beramiz

③ Tegishli shifoxonani izlab topib natijasini bemorlarimizga yollaymiz
→ Siz eng yaxshi shifoxonani topib davolash usullari, davolashga ketadigan vaqt, hamda davolash xarajatlarini sizga bilib beramiz

④ Ma’qul bo‘lsa, shartnomani imzolaymiz. Koordinatorlik xizmatining keyingi qismini kompaniyamiz hisob raqamiga o‘tkazib berasiz
→ Zarur hollarda davolash xarajatini ham oldindan to‘lashingiz kerak bo‘ladi

⑤ “Tibbiy Viza” olishingizga kafillik berish xizmatimiz
→ “Tibbiy Viza” olishingiz uchun talab qilinadigan ikkita asosiy hujjatlarni sizga taqdim etamiz: 1) Shifoxonadan beriladigan “Tibbiy diagnostika, davolash va h.k. rejasi”;  2) Kafillik organining “Kafillik Xati”. Kafillik berish uchun bemor yashaydigan davlat, mintaqaga qarab majburiyatlarini to‘liq bajarishni ta’minlash maqsadida depozit puli oladigan holatlar ham bor

⑥ Bemorlarimiz tanlagan shifoxonalarda bemorlar nomidan uchrashuv belgilab joy olib qoyamiz

→ Eng yaxshi hamda eng maqbul deb qaralgan uchta shifoxonani sizga tavsiya etamiz. Siz o‘zingiz shularni ichida eng yaxshi deb hisoblagan shifoxonangizni tanlab bizga xabar berasiz. Biz shu shifoxona bilan siz uchun uchrashuv belgilab joy olib qo‘yamiz

⑦ Bemorlarimiz va birga kelishi mumkin bo‘lgan oila a’zolari Yaponiyaga kelishadi. Ularni biz aeroportda kutib olamiz va mehmonxona/yotoqxonaga olib borib joylashtiramiz

⑧ Tibbiy tekshirish/davolash oldidan bemor bilan barcha jarayonlarni muhokama qilamiz
→ Bemorlarimiz Yaponiya shifoxonalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tish/davolanishlari jarayonida e’tibor berishlari lozim bo‘lgan shifoxonalarning qoida va nizomlari bilan tanishtiramiz. Shu bilan birga Yaponiyaning o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari, odob-ahloq qoidalari bilan bemorlarni tanishtiramiz.

⑨ Kelishilgan shifoxonaga olib boramiz, tarjimonlik qilamiz, tibbiy ko’rik/davolanish boshlanadi

⑩ Istasangiz mashhur savdo markazlariga, sayohat maskanlariga olib boramiz va yo‘l ko‘rsatamiz
→ Bekor hamda bo‘sh qolgan vaqtlaringizdan foydalanib mashhur savdo markazlari, sayohat maskanlariga borishni istasangiz kompaniyamiz sizga bir kun uchun bepul gid-tarjimon ta’minlab beradi. Gid-tarjimon haqini kompaniyamiz to‘laydi

⑪ Yaponiyada turgan paytingizda 365 kun 24 soat telefon orqali bepul maslahat xizmatimizdan foydalana olasiz. Odatda ertalab soat 9:00 dan kechki 19:00 gacha, jiddiy holatlarda sutkada 24 soat telefon orqali bepul maslahat beramiz

⑫ Vataningizga qaytish paytingizda narxi, xizmat klassi, uchish-qo’nish vaqtlari kabi turli parametrlardan kelib chiqib, sizga eng ma’qul kelgan aviachipta topishingizga yordam beramiz hamda aeroportgacha kuzatib qoyamiz

⑬ Vataningizga qaytganingizdan keyin ham shifoxona bilan bo‘lgan ba’zi bir aloqa ishlaringizga yordam beramiz. Oziq-ovqat uchun biologik faol qo‘shimchalar (bio-qo‘shimchalar) kabi narsalar olishingizga yordam beramiz.
→ Ushbu xizmatlar ko‘proq vaqt oladigan hollarda alohida xizmat haqi olinishi mumkin bo‘ladi

* Bu yerda jarayonlar oddiy va tushunarli ko‘rinishda keltirilgan. Barcha jarayonlarni batafsil bilmoqchi bo‘lsangiz, toliq materiallarga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz bizga murojaat qiling. Batafsil ma’lumot beramiz.

III. “Tibbiy Viza” olishingizga ko‘mak

“Tibbiy Viza” bu Yaponiyada davolanishni maqsad qilib Yaponiyaga kelmoqchi bo‘lgan chet ellik bemorlar hamda ularining hamrohlariga beriladigan vizadir. Bu viza bemorning mamlakatidagi Yaponiya elchixonasi yoki konsulligi tomonidan beriladi. “Tibbiy Viza”ni olishingiz uchun Yaponiya hukumati vakolatlagan “KAFILLIK BERISH ORGANLARI” tomonidan taqdim etilgan shifoxonalarda “Diagnostika, Davolash Rejasi” va “Kafillik Xati” kabi hujjatlar lozim bo‘ladi. Kompaniyamiz Yaponiya hukumati – Tashqi ishlar vazirligi hamda Iqtisod, savdo va sanoat vazirligi tomonidan “KAFILLIK BERISH ORGANI” deb rasman tan olinib ro‘yhatga olingan. Batafsil quyidagi Yaponiya Tashqi Ishlar Vazirligi veb-sahifasidagi “KAFILLIK BERISH ORGANLARI” ro‘yxatidan ko‘rib olishingiz mumkin. Yaponiyada davolanishni orzu qilgan chet ellik bemorlarimizga kafillik berib “Yagona Darcha” tizimi asosida tibbiy koordinatsya xizmatlar ko‘rsatamiz

“Tibbiy Viza” to‘g‘risida batafsilroq ma’lumotni quyidagi Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi veb-sahifasidan olishingiz mumkin

Xizmatlarimiz mazmuni – “Tibbiy Viza” olishgacha bo‘lgan jarayon

  1. Bemorlarimiz hamda ularning hamrohlarining shaxsiy hamda tibbiy ma’lumotlarini tekshirib chiqib kafillik berish yoki bermaslik masalasini hal qilamiz
  2. Yaponiya shifoxonasi bemorni qabul qilish yoki qabul qilmaslikni qaror qiladi
  3. Tibbiy ko‘rik kunlari, soatlari aniq bo‘lgandan keyin shifoxonadan beriladigan “Diagnostika, davolash rejasi” va “KAFILLIK BERUVCHI ORGANLAR” tomonidan beriladigan “kafillik xati” kabi muhim zarur bo‘lgan hujjatlarni kompaniyamiz sizga yo‘llaydi
  4. Biz yuborgan materiallar bilan o‘zingiz tayyorlashingiz zarur bo‘lgan materiallar tayyor bo‘lgandan keyin mamlakatingizdagi Yaponiya elchixonasi yoki konsullik xizmatiga murojaat qilib, hujjatlarni topshirib, viza rasmiyatchligini bajarishingiz kerak (“Tibbiy Viza” olish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni Yaponiya Tashqi Ishlar Vazirligining veb-sahifasidan ko‘rib olsangiz bo‘ladi)

E’TIBOR BERISH KERAK BO‘LGAN HOLATLAR

“KAFILLIK BERISH ORGANI” sifatida bemor va hamrohlarga nisbatan kafillik berishimiz ular “Tibbiy Viza” olishni kafolatlaydi degani emas. Sizning Tibbiy Viza”uchun kiritgan arizangiz Yaponiya elchixonasi tomonidan rad etilgan taqdirda ham kompaniyamizga to‘langan konsalting va koordinatsya xizmatlarimiz haqi qaytarib berilmaydi.

  • Siz taqdim etgan shaxsiy va tibbiy ma’lumotlar asosida hamda tekshirish natijasida “Tibbiy Viza” olishga kafillik bera olmaydigan holatlar ham mavjud bo‘lishi mumkin.
  • Kafillik berishda tekshirish, aniqlash uchun alohida haq olinadigan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari kafillik berishda Yaponiyada turish davomida bemor o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishini kafolatlash maqsadida “DEPOZIT PULI” olishimiz mumkin.