Yaponiyaga kelish va qaytib ketish jarayoni
① Dastlab bemor bizga o’z murojaatini yo’llaydi
→ Bu murojaatnomada bemor o‘zini qiziqtirgan savol hamda o‘zining to‘liq tibbiy ma’lumotlarini (mahalliy shifoxona shifokoridan tanishtirish xati, diagnoz xulosasi, CD, MRI va h.k.) maxsus shakl orqali bizga yo‘llaydi
↓
② Bemorlarimiz tibbiy koordinatorlik va konsalting xizmatlarimizdan foydalanishi uchun dastlab tibbiy konsalting va koordinatsya xizmat haqi – 100.000 Yapon Yenini kompaniyamizning belgilangan bank hisob raqamiga o‘tkazib berishi kerak (“Yagona Darcha” tizimi asosidagi xizmatlarimiz uchun). Dastlabki tekshirish, shifoxonalarni topish, uchtasini tavsiya etish, shifoxonada tibbiy ko‘rinish uchun oldindan o‘rin olish va hokazo.
→ Yaponiyada davolanish uchun nimalar qilish kerak, qaysi shifoxona yaxshi, yoki qaysi shifoxonaga borsa yaxshiroq, qanchalik xarajat ketadi, vataningizga qaytishgacha bo‘lgan jarayon qanday bo‘ladi, mana shularni oddiy qilib tushuntirib beramiz
↓
③ Tegishli shifoxonani izlab topib natijasini bemorlarimizga yollaymiz
→ Siz eng yaxshi shifoxonani topib davolash usullari, davolashga ketadigan vaqt, hamda davolash xarajatlarini sizga bilib beramiz
↓
④ Ma’qul bo‘lsa, shartnomani imzolaymiz. Koordinatorlik xizmatining keyingi qismini kompaniyamiz hisob raqamiga o‘tkazib berasiz
→ Zarur hollarda davolash xarajatini ham oldindan to‘lashingiz kerak bo‘ladi
↓
⑤ “Tibbiy Viza” olishingizga kafillik berish xizmatimiz
→ “Tibbiy Viza” olishingiz uchun talab qilinadigan ikkita asosiy hujjatlarni sizga taqdim etamiz: 1) Shifoxonadan beriladigan “Tibbiy diagnostika, davolash va h.k. rejasi”; 2) Kafillik organining “Kafillik Xati”. Kafillik berish uchun bemor yashaydigan davlat, mintaqaga qarab majburiyatlarini to‘liq bajarishni ta’minlash maqsadida depozit puli oladigan holatlar ham bor
↓
⑥ Bemorlarimiz tanlagan shifoxonalarda bemorlar nomidan uchrashuv belgilab joy olib qoyamiz
→ Eng yaxshi hamda eng maqbul deb qaralgan uchta shifoxonani sizga tavsiya etamiz. Siz o‘zingiz shularni ichida eng yaxshi deb hisoblagan shifoxonangizni tanlab bizga xabar berasiz. Biz shu shifoxona bilan siz uchun uchrashuv belgilab joy olib qo‘yamiz
↓
⑦ Bemorlarimiz va birga kelishi mumkin bo‘lgan oila a’zolari Yaponiyaga kelishadi. Ularni biz aeroportda kutib olamiz va mehmonxona/yotoqxonaga olib borib joylashtiramiz↓
⑧ Tibbiy tekshirish/davolash oldidan bemor bilan barcha jarayonlarni muhokama qilamiz
→ Bemorlarimiz Yaponiya shifoxonalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tish/davolanishlari jarayonida e’tibor berishlari lozim bo‘lgan shifoxonalarning qoida va nizomlari bilan tanishtiramiz. Shu bilan birga Yaponiyaning o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari, odob-ahloq qoidalari bilan bemorlarni tanishtiramiz.
↓
⑨ Kelishilgan shifoxonaga olib boramiz, tarjimonlik qilamiz, tibbiy ko’rik/davolanish boshlanadi
↓
⑩ Istasangiz mashhur savdo markazlariga, sayohat maskanlariga olib boramiz va yo‘l ko‘rsatamiz
→ Bekor hamda bo‘sh qolgan vaqtlaringizdan foydalanib mashhur savdo markazlari, sayohat maskanlariga borishni istasangiz kompaniyamiz sizga bir kun uchun bepul gid-tarjimon ta’minlab beradi. Gid-tarjimon haqini kompaniyamiz to‘laydi
↓
⑪ Yaponiyada turgan paytingizda 365 kun 24 soat telefon orqali bepul maslahat xizmatimizdan foydalana olasiz. Odatda ertalab soat 9:00 dan kechki 19:00 gacha, jiddiy holatlarda sutkada 24 soat telefon orqali bepul maslahat beramiz
↓
⑫ Vataningizga qaytish paytingizda narxi, xizmat klassi, uchish-qo’nish vaqtlari kabi turli parametrlardan kelib chiqib, sizga eng ma’qul kelgan aviachipta topishingizga yordam beramiz hamda aeroportgacha kuzatib qoyamiz
↓
⑬ Vataningizga qaytganingizdan keyin ham shifoxona bilan bo‘lgan ba’zi bir aloqa ishlaringizga yordam beramiz. Oziq-ovqat uchun biologik faol qo‘shimchalar (bio-qo‘shimchalar) kabi narsalar olishingizga yordam beramiz.
→ Ushbu xizmatlar ko‘proq vaqt oladigan hollarda alohida xizmat haqi olinishi mumkin bo‘ladi
* Bu yerda jarayonlar oddiy va tushunarli ko‘rinishda keltirilgan. Barcha jarayonlarni batafsil bilmoqchi bo‘lsangiz, toliq materiallarga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz bizga murojaat qiling. Batafsil ma’lumot beramiz.