Xalqaro tibbiy koordinatorlik xizmatlarimiz ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida qo‘shimcha yana 3 ta tilda ish yuritishni yo‘lga qo‘ydik, yangi mutaxassislarni jalb qildik. Shunday qilib, biz endi Yapon tilidan tashqari Ingliz, Xitoy, Rus, Uygur, O‘zbek, Turk tillarida tibbiy koordinatorlik xizmatlarini ko‘rsatamiz.