I. Chet elga chiqib davolanishda Yaponiyani tanlashga sabab

“Chet elga chiqib davolanmoqchi bo‘lsangiz Yaponiyaga borish kerakmi, Yevropagami, Amerikagami?” degan savolni har bir inson jiddiy o‘ylab plyus va minuslarni tosh-taroziga qo‘yib ko‘radi. Bemorlarimizning eng to‘g‘ri tanlovi bu Yaponiyadir. Bunga 4 ta asosiy sabab bor.

1) Tibbiy texnika
2) Nisbatan arzon tibbiy xarajatlar
3) Qarshisidagi insonni qadrlaydlashga asoslangan sof insoniy munosabat
4) Yuksak darajadagi xizmat ruhi

Yaponiya dunyo bo‘yicha eng yuqori darajadagi tibbiy texnikaga ega bir davlat. Shunga qaramay rivojlangan sanoatlashgan davlatlar bilan solishtirganda eng tibbiy xizmatlar arzon desa bo‘ladi. Undan tashqari bemorlarni xuddi o‘z yaqiniday astoydil o‘ylaydigan nihoyatda asl shifokorlar armiyasi mavjud.

Nima uchun Yaponiya – dunyo bo‘yicha eng yuqori davolash texnikasiga ega bola turib, davolash xarajati taraqqiy qilgan mamlakatlar ichida eng arzon?

▲ Bu yerda butun xalqning ijtimoiy sug‘urta tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shu sababli jon boshiga tog‘ri keladigan shifoxona xarajati juda ham arzon tushadi.

▲ Yaponiyaliklar sidqi dildan ishlaydigan tirishqoq xalq. Shifoxonalari ham katta bo‘lsa ham uni ichida ishlayotgan shifokor, hamshira va boshqa xizmatchilarining soni juda oz, ya’ni shifoxonaning menejmenti tufayli nihoyatda mehnat unumdorligi yuqori. Natijada, tibbiy xizmatlar bu yerda nisbatan arzon tushadi.

QNima uchun Yaponiyaning shifokorlari bemorlarni xuddi o‘z yaqinidek qadrlaydi?

▲ Yaponlarda qarshisidagi insonni qadrlashga asoslangan “OMOIYARI” deb nomlanuvchi ma’naviyat shakllangan.
▲ Bemorni huddi mehmonni ko‘rgandek hissiyot bilan munosabatda boladigan pok qalb mavjud.

II. Yaponiyaning Ilg’or Tibbiyot Sohasi