Yaqin yillardan buyon dunyoning turli hil joylarida “WASHOKU” yapon taomlaridan bahramand bolish ommalashmoqda. Nima uchun? Nima sababdan? Yaponiya benazir dengizlar bilan o‘ralgan. Bu yerda har hil baliqlarning ko‘payishiga sharoit mavjudligi sababli yangi tutilgan baliqlar nihoyatda mo‘l. Bundan tashqari Yaponiya guruchi juda ham mazalidir. Ko‘katlar, meva-chevalar va maxsus oziq ovqatlar “SHYUN”, ya’ni “Mavsumiy” kontseptsiya asosida iste’mol qilinadi. Yaponiyaliklar “SHYUN” kontseptsiyasi asosida har bir oziq-ovqatni “FASL” ga qarab hamda oziq-ovqatlar balansiga rioya qilib  iste’mol qilishni muhim, deb biladilar. Yaponiyada qadimdan davom etib kelayotgan “HARA HACHIBU ME” odati shakllangan bo‘lib, ovqatlanishda oshqozonning 10 dan 8 qismigacha oxirigacha to‘ymagan holda iste’mol qilish yaxshi odat hisoblanadi. Shuning uchun hamki haqiqiy Yapon taomlarida idishlar kichikroq, har bir taom miqdori oz, ammo turi ko‘p bolib, ko‘rish, tegib sezish, ta’m va hid bilish, hattoki pishayotganda tovushini eshitish kabi sezgi a’zolari bilan undan huzurlanib, minnatdorlik tuyg‘usi bilan ana shu taomni iste’mol qilishni yaxshi odat deb bilishadi. Qani marhamat, Siz ham besh sezgi a’zoingiz yordamida Yapon mazzali taomlaridan bahramand boling.