Yaponiya hukumatining B-056 raqamli guvohnomasi asosida rasman xorijiy bemorlarning Yaponiya shifoxonalarida davolanishi uchun “Kafillik Beruvchi Organ” mavqeiga erishdik.

Yaponiya hukumatining Tashqi Ishlar Vazirligi hamda Iqtisodiyot, Savdo va Sanoat Vazirligi tomonidan berilgan B-056 sonli guvohnomaga ko‘ra rasmiy “Kafillik Beruvchi Organ” mavqeiga erishdik. Shunday qilib chet ellik bemorlarga “Tibbiy Viza” olishlarida kafil sifatida tibbiy koordinatorlik faoliyatimizni “Yagona Darcha” tizimida yo‘lga qo‘ydik.