Bizning shiorimiz

Mijozlarimizni bir kun bo‘lsa ham ertaroq, biroz bo‘lsa ham arzonroq eng yaxshi shifoxonalarga olib boramiz

KENKOMAN Co., Ltd. tibbiy koordinatorlik xizmatlarini quyidagi prinsip asosida yuritadi: Agarda o‘z ota-onalarimiz, aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz Yaponiyaga bir xastalik bilan davolanishga kelsa biz nima qilgan bo‘lardik? Albatta eng yaxshi shifoxonaga, bir kun bo‘lsa ham ertaroq, biroz bo‘lsa ham arzonroq joyga olib borardik. Mijozlarni rozi qilish va xizmatlarimizdan to‘liq mamnun ettirish bizning eng ustuvor maqsadimiz hisoblanadi. Shu sababli Japan Silk Road kompaniyasi xodimlari mana shu ruhda mijozlarga xizmat ko‘rsatadilar. KENKOMAN Co., Ltd. Yaponiyada tibbiy diagnostika hamda davolanishni istagan chet ellik bemorlarni Yaponiyaning asosiy shifoxonalari bilan bog‘laydigan maxsus Agentlik hisoblanadi.

Xizmatlarimiz

• Yaponiyaga kelishdan avval maslahat berish
• Bemorning kasallik tashhisiga mos keladigan eng yaxshi shifoxonani topib berish
• Yaponiyada davolanish uchun “Tibbiy Viza” olishga ko‘mak berish

Batafsil ma‘lumot bu yerda
Xizmatlar Jarayoni

• Men Yaponiyaga borib o‘zimni tekshirtirmoqchiman va davolanmoqchiman, ammo Yaponiyada davolanish to‘g‘risida hech narsa bilmayman
• Qayerdan boshlashni bilmayman

Batafsil ma‘lumot bu yerda
Ishonchli Hamkor

KENKOMAN Co., Ltd. Yaponiya hukumati tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lib, Yaponiyada tibbiy xizmatlardan foydalanmoqchi bo‘lgan chet ellik bemorlarga “Tibbiy Viza” olishlarida kafillik beruvchi organ hisoblanadi
Ro‘yxatga olingan raqam B-056

Batafsil ma‘lumot bu yerda

Yaponiyadan zavqlaning

Kasallik nafaqat tananing ishidir. Ruhimiz ham sog‘ligimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yaponiyaning boy va go‘zal madaniy hamda ma’naviy merosi insonni ruhlantiradi va dunyoga yangicha qarash baxsh etadi. Yaponiyaga davolanish maqsadida kelib ketish bu umrimizdagi yagona imkoniyat bo‘lishi ham mumkin. Bunday imkoniyatdan unumli foydalangan holda Yaponiyaning ajoyib madaniy va ma’naviy meroslaridan zavq olib, o‘zimizni aqliy stresslardan holos qilaylik. Toki bu quvonchli va zavqli damlar hotiralarimizda umrbod saqlanib qolsin.
Yaponiya to‘rt go‘zal faslga ega bo‘lgan orol mamlakatidir. Yaponlar hayotimizning barcha sohalarida mehnatsevar, tirishqoq va serg‘ayrat insonlar sifatida tan olingan. Bu yerda mijozga yaxshi xizmat ko‘rsatish bebaho qadriyat deb qaraladi. Qarshisida turgan insonga g‘amxo‘rlik qilish, bemorga o‘z mehmonidek xizmat ko‘rsatish Yapon madaniyatining ich-ichiga singib ketgan. Bulardan o‘z hayotimiz va olib borayotgan biznesimiz uchun ko‘plab muvaffaqiyat sir-asrorlarini, yo‘l-yoriqlarini o‘rganishimiz mumkin.

Yaponiyanining an’anaviy madaniyati – “SADO”, ya’ni “Choy Marosimi”

“SADO” – an’anaviy shakldagi qoidalarga asosan mehmonga choy uzatish marosimibo‘lib, bu yapon choyini ichish va ko‘ngil ochish bo‘libgina qolmasdan, Yaponiyaning turli xil madaniyatlari mujassamlashishi natijasida shakllangan bir boy madaniyatdir. [more]

Yaponiya tabiati va manzaralari

Yaponiya tabiy manzaralari deganda sizlarning hayolingizga nimalar keladi? Sakurami? Yoki “Fuji” tog‘imi?
To‘g‘ri. Ammo Yaponiya tabiati faqatgina bulardan iborat emas. [more]

Dastavval qarshisidagi insonni qadrlash go‘zal odob qoidasi - “OMOIYARI” madaniyati

Shifokorlar bemorlarni o‘z uylariga kelgan mehmon kabi iliq munosabatda kutib olib, izzat-ikrom bilan o‘zgacha hurmat ko‘rsatuvchi tilda suhbatlashadilar. [more]

Besh hissiyot “WASHOKU” taomlari

Yaqin yillardan buyon dunyoning turli hil joylarida “WASHOKU” yapon taomlaridan bahramand bolish ommalashmoqda. Nima uchun? Nima sababdan? Yaponiya benazir dengizlar bilan o‘ralgan. [more]

Bezaksiz, hashamatsiz Yapon uylari
“WA NO KUUKAN”

Uyning ichida hech narsa yoq. Bori o‘rindiq va yostiq, stol va idishlar kabi zarur narsalar. Qolgani havo, yashillik va jimjitlik bilan uyg‘un bo‘shliq. Bu – “WA NO KUUKAN”. [more]

Tana va ruhimizni lazzatlantiruvchi shifobaxsh buloq – Yapon “ONSEN”i

Yaponiya to‘rt tarafidan okean va dengizlar bilan o‘ralgan, ko‘plab vulqon tog‘lari mavjud go‘zal oroldir. Vulqon tog‘larining bag‘rida xilma hil minerallarga to‘yingan shifobaxsh issiq buloqlar ko‘p. [more]

YANGILIKLAR

Yaponiya hukumatining B-056 raqamli guvohnomasi asosida rasman xorijiy bemorlarning Yaponiya shifoxonalarida davolanishi uchun “Kafillik Beruvchi Organ” mavqeiga erishdik.

Yaponiya hukumatining Tashqi Ishlar Vazirligi hamda Iqtisodiyot, Savdo va Sanoat Vazirligi tomonidan berilgan B-056 sonli guvohnomaga ko‘ra rasmiy “Kafillik Beruvchi Organ” mavqeiga erishdik. Shunday qilib chet ellik bemorlarga “Tibbiy Viza” olishlarida kafil sifatida tibbiy koordinatorlik faoliyatimizni “Yagona Darcha” tizimida yo‘lga qo‘ydik.

News archive